Amerikaning Coca-Cola kompaniyasi yaqin haftalar ichida butun dunyo bo‘ylab 2 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi, deya xabar berdi The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib. Ushbu qisqarish kompaniya uchun so‘nggi 15 yil ichidagi eng yirigi bo‘ladi. Coca-Cola’ning Gongkong, Istanbul, London, Mexiko va Atlantadagi mintaqaviy guruhlari xodimlari o‘z ishidan ajraladi.
Kompaniya shuningdek byudjet xarajatlarini kamaytiradi, shu tufayli o‘z top-menejerlariga limuzinlarni taksiga almashtirishni va hashamatli Yangi yil ziyofatlaridan voz kechishni taklif qilmoqda.
Bunday choralar kompaniyaning 2019-yilgacha xarajatlarni 3 milliard dollarga qisqartirish bo‘yicha rejasi bilan bog‘liq. Joriy va kelasi yilda kompaniya daromad bo‘yicha ko‘zlangan ko‘rsatkichlarga erisha olmasligi ma’lum bo‘lgach, bunday reja qabul qilingan edi.
Izoh (0)