Shimoliy Koreya o‘z yadro dasturini tezlashtirdi va 2020-yilgacha 79 ta yadroviy o‘q-dori yaratish uchun yetarli bo‘lgan xomashyo zaxiralariga ega bo‘ladi. Bu haqda bir guruh amerikalik ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqot natijalarida aytiladi, deb yozadi “TASS”.
Mutaxassislar xulosa qilishicha, KXDR o‘z yadro korxonalarida qurol-aslaha plutoniysi va boyitilgan uran ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqda.
Tadqiqot mualliflari ta’kidlaganidek, Shimoliy Koreya Yonbendagi yadroviy markazdan tashqari yana bir maxfiy yadro obyektiga ega. Bu haqda Amerika razvedkasi ma’lumotlari guvohlik bermoqda.
Amerikalik ekspertlar ayni paytda KXDRda mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘ plutoniysi miqdorini 30—34 kilogramm deb baholamoqda, undan to‘qqizta yadro o‘q-dorisini chiqarish mumkin.
Izoh (0)