Qirg‘iziston hukumati bir qator OAVlarning mamlakat Bojxona ittifoqiga qo‘shilish fikridan voz kechgani haqidagi taxminlarini rad etdi. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri apparatiga tayanib, “24.kg” xabar berdi.
“Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda. Bizning o‘z qarorimizni o‘zgartirganligimiz haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas”, — dedi amaldorlar.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, “bitkazish kerak bo‘lgan” ba’zi nyuanslar qolgan. Ushbu nyuanslar texnik jihatlarga, shuningdek Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnoma matniga aloqadorligi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi shartnoma loyihasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirgani xabar berilgan edi.
Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi haqidagi shartnoma 23-dekabr kuni Moskvada imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)