Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi mamlakatning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi shartnoma loyihasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi, deya xabar berdi “Segodnya.ua” hukumat matbuot xizmatiga tayanib.
Shunga qaramay, bosh vazir Jomart Otarboyev so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning integratsiyaviy birlashuvga kirishi haqidagi muzokaralar davom etmoqda. U strategik hujjatning tayyor emasligi sabablariga aniqlik kiritmadi.
Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishi haqidagi shartnoma 23-dekabr kuni Moskvada imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)