Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko muzokaralar chog‘ida o‘zining belaruslik hamkasbi Aleksandr Lukashenkoga “Donetsk Xalq Respublikasi” va “Lugansk Xalq Respublikasi”dagi saylovlarni tan olmagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Ukraina prezidenti matbuot kotibiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
“Poroshenko Lukashenkoga Ukraina hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlagani va 2-noyabrdagi saylovlarni tan olmagani uchun minnatdorlik izhor etdi”, — deb yozadi matbuot kotibi o‘z tvitterida.
Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashish uchun Kiyevga yetib kelgani 21-dekabr kuni xabar qilindi.
Izoh (0)