Pokistonda mamlakat sobiq prezidenti Pervez Musharrafga suiqasd qilishda ayblanib, to‘rt kishi qatl etildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. Ular orasida rossiyalik Axlas Axlak ham bo‘lgan.
Qatl Feysaloboddagi okrug qamoqxonasida ijro etildi.
Ta’kidlanishicha, osishga mahkum qilinganlarga qatldan oldin o‘z qarindoshlari bilan ko‘rishishga ruxsat berildi.
Avvalroq Rossiyaning Pokistondagi elchixonasi rossiyalik Axlas Axlakka nisbatan jazoni o‘zgartirish uchun bor imkoniyatini ishga solayotgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)