Belarusda qator axborot saytlari, jumladan “BelaPAN” agentligi va Naviny.by saytlari ochilmay qoldi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Ushbu saytlar yopib qo‘yildi.
Shu kuniyoq Belarus prezidenti huzuridagi tezkor tahliliy markaz Baynetdagi eng ommabop saytlardan biri Onliner.by’ning milliy domen zonasidan o‘chirilgani haqida ma’lum qildi.
Qaror savdo vazirligi tomonidan aniqlangan qonunbuzarliklar bilan bog‘liq, deyiladi xabarda. Sayt yangiliklar, shuningdek tijoriy ma’lumotlar e’lon qilish bilan shug‘ullangan.
Izoh (0)