2014-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor shahrining 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi bosh rejasi tasdiqlandi. Bu haqda qo‘mita rasmiy sayti xabar berdi.
Bosh rejaga muvofiq shaharning aholisi soni 40 ming kishigacha, hudud maydoni 1127,7 gektargacha, uy-joy fondi 880 ming kvadrat metrgacha o‘sishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, bosh rejada ijtimoiy, muhundislik va transport infratuzilmalarining istiqbolli rivojlanishi hamda atrof-muhitning ekologik holatini yaxshilash masalalari rejalashtirilgan.
Reja “O‘zshaharsozlik loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti” DUK tomonidan ishlab chiqilgan.
Izoh (0)