Gretsiya poytaxti Afinadagi Polis Art madaniy markazida “Maroqanda” kitobining taqdimoti o‘tkazildi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi. Kitob taniqli jurnalist, shoir va nasrnavis, Gretsiya parlamenti matbuot xizmati rahbari Petros Kasimatis tomonidan grek tilida nashr qilindi.
Nashrning yozishicha, Kasimatis Buenos-Aerisdagi shoirlar tanlovida o‘zining “Samarqand she’ri bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan. Uning yangi kitobi ham O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga bag‘ishlanadi.
Kasimatis 2012-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurib, qadimiy Samarqand me’moriy inshootlari va uning boy tarixidan chuqur taassurot olgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, u o‘z his-tuyg‘ularini “Maroqanda” she’riy to‘plamiga joylagan.
Izoh (0)