Bu yil Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritish uchun 46 ta nomzod ko‘rib chiqiladi, deb yozadi YuNESKO tashkiloti matbuot xizmati. Ushbu nomzodlar orasida O‘zbekistondagi piching va qochirim san’ati — askiya ham bor.
Bundan tashqari, nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga Ozarbayjondagi an’anaviy kelagayi shoyi ro‘molini o‘rash san’ati, Qozog‘istondagi do‘mbira kuyini chalish san’ati, qozoq va qirg‘iz o‘tovlarini tayyorlash malakasi ham kiritilgan.
Nomoddiy madaniy meros avloddan avlodga beriladigan madaniy an’analarni, jumladan xalq og‘zaki ijodi, ijtimoiy urf-odatlar, tantanali bayramlar, shuningdek tabiat va koinotga, an’anaviy hunarmandchilikka tegishli bilimlarni o‘z ichiga oladi.
Ro‘yxatga ayni paytda 281 ta element kiritilgan. U turli jamiyatlarning an’ana va urg-odatlariga e’tiborni jalb qilishga chaqiradi.
Izoh (0)