Rossiyaning turli hududlarida so‘nggi ikki hafta ichida grechka narxi oshib ketgani haqida xabarlar kelib tusha boshladi, deb yozadi “Meduza” nashri. “Russkaya planeta” jurnalisti Nikolay Dzis-Voynarovskiy narx o‘sishi nima bilan bog‘liq ekanini tushuntirib berdi.
“90-yillar boshidan dunyo bo‘yicha grechkaning ommaboplik darajasi tushib bormoqda. Uni doimiy ravishda faqatgina Rossiyada iste’mol qilishadi. Agar Rossiyada hosil yaxshi bo‘lmasa, grechka tanqisligini qoplash uchun uni hech qayerdan sotib olib bo‘lmaydi. Bunday narx oshishlari avval ham kuzatilgan, masalan, 2010-yilda bir kilogramm grechka 25 rubldan 100 rublgacha qimmatlashgan edi”, — deb yozadi jurnalist.
Izoh (0)