Rossiya Qrimga yadro qurolini yetkazib beruvchi vositalarini ko‘chirib o‘tkazmoqda, deya xabar berdi “Yevropeyskaya Pravda” NATOning Yevropadagi kuchlari bosh qo‘mondoni Filipp Bridlavga tayanib.
“Yadro quroli bor-yo‘qligidan esa xabardor emasmiz”, — dedi u. Bridlav so‘zlariga ko‘ra, sharqiy Ukrainada ayirmachi jangarilarni zamonaviy qurol-yarog‘dan foydalanishga o‘rgatayotgan Rossiya qo‘shinlari soni oshgan.
Bundan tashqari bosh qo‘mondon Rossiyadan Ukrainaga qurol yetkazib berayotgan yuk mashinalari konvoylariga nisbatan xavotir bildirdi. “Harbiy qurol-aslahalar avvalgidek Ukrainaga keltirilishda davom etmoqda. So‘nggi bir necha kun ichida ularning soni o‘sishi kuzatildi”, — deya ta’kidladi Bridlav.
Izoh (0)