Yaponiya fuqarosi davlatning xorijiy harbiy kampaniyalarda mamlakat qurolli kuchlarining ishtirok etish imkoniyati bilan bog‘liq yangi siyosatiga norozilik belgisi sifatida Tokio markazida o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda Yaponiyaning NHK telekanali xabar bermoqda.
Yonib ketgan erkak 11-noyabr, seshanba kuni Xibiya bog‘ida topilgan. Uning yonida bosh vazir Sindzo Abe va parlamentning ikkala palatasi rahbariyatiga bag‘ishlangan videoyozuv hamda maktublar aniqlangan. Ularda fuqaro hukumatning harbiy siyosatini qoralagan.
Jabrlanuvchini kasalxonaga yetkazishdi, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Izoh (0)