Fransiya shimolida prezident tashrifi kutilayotgan Notr-Dam-de-Loret yodgorligi ustidan “Ollandni iste’foga chiqaramiz” yozuvli plakat osilgan kichik samolyot uchib o‘tdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” Fransiya OAVlariga tayanib.
Uni tutish uchun hukumat ikkita harbiy vertolyot yubordi. Ular samolyotni Arras aeroportigacha kuzatib bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu aksiyani “Ollandni iste’foga chiqaramiz” harakatining yetakchisi Devid Van Xemelrik amalga oshirgan. O‘z xatti-harakatini izohlar ekan, u “demokratiyani himoya qilib jasurlik ko‘rsatish — u uchun hayotini qurbon qilganlarni sharaflashning ishonchli usuli” ekanini aytdi.
Izoh (0)