Ukraina Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidagi ishtirokini to‘xtatmaslikka qaror qildi, deya xabar bermoqda Segodnya.ua.
Ukrainaning MDHdan chiqish haqidagi qarorini mamlakat hukumati 2014-yil martidayoq e’lon qilgan edi. Qrim Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin rasmiy Kiyevda Hamdo‘stlikka nisbatan da’vo paydo bo‘lgan edi.
MDH ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan yarim yil ichida hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan, MDHdan chiqish haqidagi e’lon esa norasmiy bo‘lgan.
Bundan tashqari, Pyotr Poroshenko shu paytgacha 10-oktabr kuni Minskda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari rahbarlari majlisida ishtirok etishdan rasman bosh tortmagan. Prezident matbuot xizmati ham, tashqi ishlar vazirligi ham bu borada aniq rejalarni bayon etmagan.
Ukrainaning MDHda o‘z ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha hech qanday ishlar amalga oshirilmayotganini mamlakat hukumati ham, parlament ham tasdiqladi. “Biz Hamdo‘stlik bilan MDH erkin savdo zonasi doirasida hamkorlikni davom ettirmoqdamiz”, — dedi iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Valeriy Pyatnitskiy.
Izoh (0)