Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich Tojikistonda so‘nggi bir necha oy ichida saytlarni yopib qo‘yish hollari tez-tez takrorlanib turishi yuzasidan xavotir bildirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. U buni “tashvishli tendensiya” deb atadi va respublika hukumatini internetga hech qanday cheklovsiz kirishni ta’minlashga chaqirdi.
YeXHT 4-oktabr kuni Tojikistonda internet-provayderlar yana ko‘plab vebsayt va ijtimoiy platformalarni yopib qo‘yganiga e’tibor qaratdi. Mamlakat shimolida esa mobil internet faoliyati cheklandi. “Tojikiston hukumati har qanday aralashuvini rad etmoqda”, — dedi Miyatovich.
Tojikiston hukumati huzuridagi Aloqa xizmati rahbari Beg Saburi “muassasaning blokirovkaga aloqador emasligini, ular vaziyatni hal qilayotgani”ni aytgan.
Izoh (0)