Twitter kompaniyasi AQSh adliya vazirligi va Federal qidiruv byurosi ustidan sudga arz qildi, deya xabar bermoqda Gazeta.ru Associated Press’ga tayanib.
Internet-kompaniya AQSh maxsus xizmatlarining rasmiy sud so‘rovlari haqidagi ma’lumotni oshkor qilishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda.
Twitter vitse-prezidenti Benjamin Li sudga qilgan murojaatlarini izohlar ekan, AQSh FQB va adliya vazirligi kuzatish haqida berilgan so‘rovlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni e’lon qilishni taqiqlaganini aytdi.
Izoh (0)