Tojikistonning Xo‘jand shahridagi maktabda o‘quvchi qizlarga milliy do‘ppi kiyib yurish tavsiya etildi. Bu haqda Tojikistonning Asia-Plus agentligi xabar berdi.
So‘g‘d viloyati ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sayfullo Rahmatovning agentlikka ma’lum qilishicha, Xo‘jand shahri ta’lim bo‘limi shahardagi o‘quvchi qizlarga maktabga milliy do‘ppi kiyib kelishni tavsiya qilgan. Ota-onalar va qizlarning ko‘pchiligi bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan.
“Bu tavsiyadan maqsad milliy an’analarni qayta tiklashdir, — dedi Rahmatov. — Ko‘p o‘quvchi qizlar bunday do‘ppilarni allaqachon sotib oldi, ular ham chiroyli, ham arzon, ham qulaydir. Milliy bosh kiyim sochni yig‘ib turish bilan birga, quyoshdan ham himoya qiladi. Shuningdek, kim ro‘mol o‘rashni yoqtirsa, maktabga ro‘molda kelishi ham mumkin. Bu majburiyat emas, tavsiyadir”.
Izoh (0)