Tana hujayralarini tadqiq qilish sohasidagi taraqqiyot 20 yildan so‘ng keksayish jarayonini to‘xtatish yoki uni orqaga qaytarish mumkin bo‘lishiga umid bermoqda. Taniqli gerontolog (organizmlarning tuzilishi va umrni uzaytirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi olim) Obri de Grey shunday deb hisoblaydi, deb yozadi Daily Mail.
Olim ayollardagi reproduktiv davrni uzaytirish mumkinligini ta’kidlamoqda. Uning aytishicha, tuxumdonlar “shunchaki organlardan biridir”.
“Biz tuxumdonni tana hujayralari bilan to‘ldirib, uni yoshartirishimiz yoki to‘qimalar injeneriyasi yordamida butunlay yangi tuxumdon yaratishimiz mumkin”, — dedi de Grey.
Shifokorlar tez orada ertachi menopauza (ayollarda jinsiy bezlar faoliyatining to‘xtay borish davri) muammosini hal qila olishini Edinburg universiteti biologi Evelin Telfer ham tasdiqladi.
Izoh (0)