Eron bosh prokuraturasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligiga Viber, Tango va WhatsApp kabi ijtimoiy tarmoqlarni yopib qo‘yish haqida buyruq berdi.
Korrespondent.net Eronning Press-TV telekanaliga tayanib xabar berishicha, bunday qaror qabul qilinishiga ularda “kamsitish mazmunidagi axborot tarqatilgan”i sabab bo‘lgan.
Eron bosh prokurorining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligiga yuborgan maktubida ushbu ijtimoiy tarmoqlarda “islom va axloq qadriyatlariga nisbatan nomunosib va haqoratlovchi xususiyatga ega bo‘lgan” materiallar tarqatilgani ta’kidlangan.
Shuningdek, bosh prokurorning qayd etishicha, mazkur ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan ma’lumotlarning ba’zilari “Eron Islom Respublikasiga dushman bo‘lgan xorijiy hukumat muassasalari” tomonidan uyushtirilgan. Shu munosabat bilan u aloqa vaziridan “ularni yopib qo‘yish uchun zudlik bilan choralar ko‘rish”ni talab qildi.
Izoh (0)