Dunyodagi eng og‘ir piyoz vazni deyarli 8,5 kilogrammga teng bo‘ldi, deya xabar bermoqda Metro. Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishga muvaffaq bo‘lgan sabzavotni yetishtirish uchun Angliyaning Lestershir grafligida yashovchi Toni Glover ismli bog‘bonga bir yil vaqt kerak bo‘ldi.
U piyozni namlik doimiy saqlanib turilgan va havosi azot bilan boyitib turilgan issiqxonada o‘stirdi.
Glover endi piyozni nima qilishiga aniqlik kiritilmayapti.
Bunga o‘xshash avvalgi rekord ham Buyuk Britaniya fuqarosiga tegishli bo‘lgan. 2012-yilda Piter Gleyzbruk 8,2 kilogrammlik piyoz yetishtirgan.
Izoh (0)