Rossiya Federatsiyasi bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Kozak mamlakat hukumati G‘arb sanksiyalariga javob choralarini ko‘rmoqchi emasligini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Biz bunday choralar tarafdori emasmiz. Bu davlatga foyda keltirsagina ularga murojaat qilishimiz mumkin”, — dedi u.
Bundan tashqari, Kozak sanksiyalar Rossiyada “Formula - 1” va boshqa xalqaro sport musobaqalarini o‘tkazishga ta’sir qilmasligini ta’kidladi, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”.
“Xalqaro avtomobil federatsiyasi barcha jamoalarning poygalarda ishtirok etishini tasdiqladi”, — dedi Kozak. U sportning siyosatga aloqador emasligini, va bu tamoyilga rioya qilinishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Izoh (0)