Amerika-O‘zbekiston savdo palatasining navbatdagi majlisi joriy yilning 11-noyabrida Toshkentda bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda 12news.uz.
“Bu yil biz aniq rejalar va shartnomalarni belgilab qo‘yishga umid qilmoqdamiz, — dedi palata raisi Karolin Lemm. — Ular Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi kompaniyalariga ikki tomonlama savdoni ko‘paytirish va bizni O‘zbekistonning uchta eng yaxshi savdo va investitsion sheriklaridan biriga aylantirish imkoniyatini beradi”.
Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi ko‘ngilli notijorat tashkiloti bo‘lib, AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida savdo va investitsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida 1993-yilda tuzilgan. Amerikaning 20 dan ortiq yirik korporatsiyalari va banklari uning ta’sis etuvchilari hisoblanadi.
Izoh (0)