2014-yilning 1-sentabridan boshlab Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qatnovchi yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” poyezdi uchun qo‘shimcha reyslar belgilandi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK matbuot xizmati.
Endi u haftaning dushanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari kuniga ikki martadan qatnaydi.
Xabarda aytilishicha, qo‘shimcha reyslarning joriy qilinishi yo‘lovchi oqimi ko‘paygani bilan bog‘liqdir.
Avvalroq 21-avgustdan “Afrosiyob” payshanba va juma kunlari Toshkentdan 7:00 da, Samarqanddan 17:00 da jo‘nab ketadigan bo‘lgani xabar berilgan edi.