Yevroittifoq Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalar va Rossiyaning javob choralari natijasida Gretsiyadagi mo‘yna savdosi bo‘yicha xalqaro markaz hisoblangan Kastoriya shahri yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu haqda “Segodnya” nashri xabar berdi.
Gretsiya mo‘ynado‘zlari assotsiatsiyasining mamlakat bosh vaziriga yozgan maktubida aytilishicha, shahar iqtisodiyoti mo‘yna mahsulotlarining 80 foizini sotib oladigan rossiyalik mijozlarga bog‘liq.
Unda agar Rossiya embargoni kengaytirib, unga mo‘yna buyumlarini ham kiritadigan bo‘lsa, bu shahar uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishi aytiladi.
Gretsiyada mo‘yna buyumlarga ixtisoslashgan ishlab chiqaruvchilarning katta qismi Kastoriya va unga qo‘shni Siatista shahrida joylashgan. Ushbu hududdagi aholining 60 foizi bevosita yoxud bilvosita mo‘yna ishlab chiqarishga aloqador.
Izoh (0)