Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi Loysuv sovuqxonasi hududida otishma sodir bo‘ldi. Natijada bir kishi halok bo‘ldi, deya xabar berdi “ITAR-TASS”.
Xabar qilinishicha, Tojikistondagi Tupakul aholi punkti yaqinida chegara naryadi hamda uch nafar ot mingan va qurollangan noma’lum shaxslar o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tgan, bir kishi o‘ldirilgan.
Yil boshidan buyon bu qirg‘iz-tojik chegarasida uchinchi otishmadir. Nizolar chog‘ida jami uch kishi halok bo‘lib, 10 kishi yaralangan.
Izoh (0)