Ukraina sharqida ukrain armiyasi va ayirmachilar o‘rtasida jangovar harakatlar davom etmoqda, deb yozadi Euronews. Aksilterrorchilik operatsiyalari hududida artilleriya otishmalarida tinch aholi ham halok bo‘lmoqda.
Reuters xabariga ko‘ra, bir million aholiga ega Donetsk shahridan hozirgacha kamida 300 ming kishi qochib ketgan. Ularning ko‘pchiligi Rossiyaga yo‘l olmoqda. Janglarga qaramay, Donetsk va Moskva o‘rtasida poyezdlar harakatlanmoqda.
Rossiya hukumati Ukraina sharqida gumanitar ofatning oldini olish uchun tezkor choralar ko‘rish kerakligi haqida gapirmoqda.
Izoh (0)