10-avgust, yakshanba kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates aviakompaniyasiga tegishli samolyot dvigateli AQShning Boston shahriga qo‘nish vaqtida yonib ketdi. Dubaydan uchib kelgan “Boing” bortida 368 kishi bo‘lgan, deya xabar berdi “RIA Novosti”.
Xabar berilishicha, yong‘in bartaraf etilgan.
Aviakompaniya “Boing 777-300” samolyoti dvigatali qo‘nish chog‘ida kichik yong‘inga uchraganini tasdiqladi. “Barcha 349 yo‘lovchi va 19 nafar ekipaj a’zolari samolyotni tark etib, aeroport terminaliga o‘tkazildi”, — dedi Emirates vakili.
Hodisa tufayli aviakompaniyaning Bostonga boshqa reyslari kechiktirilgan.
Izoh (0)