Ekvador, Braziliya, Chili, Peru va Salvador G‘azo sektoridagi voqealar tufayli Isroildan o‘z elchilarini chaqirib olishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Lotin Amerikasi davlatlari hukumatlari Isroil tomonidan nomutanosib ravishda kuch qo‘llanilishini qoraladi va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Chili G‘azo sektorida Isroil olib borayotgan operatsiyani “Falastin xalqini ommaviy jazolash” deb atagan bo‘lsa, Peru ushbu harakatlar xalqaro huquqning yana bir marta buzilishi ekanini ta’kidladi.
Izoh (0)