AQSh Milliy xavfsizlik agentligida Edvard Snouden izidan borayotgan yana bir xodim paydo bo‘ldi. Germaniya televideniyesi XKeyscore maxfiy dasturi qanday ishlashi haqida reportaj uzatganidan keyin ba’zi mutaxassislar shunday xulosaga kelishdi. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Ushbu dastur yordamida MXA Tor anonim tarmog‘i foydalanuvchilarini kuzatadi. “Soyali Internet” deb ataladigan ushbu tarmoqdan ko‘pgina huquq himoyachilari va dindan qaytganlar foydalanadi va shu yo‘l bilan hukumat kuzatuvidan qochadi. Shu sababli bu tarmoq Amerika maxsus xizmatlari uchun nishon bo‘lib turmoqda.
XKeyscore kodining bir qismi fosh qilingan bo‘lib, kanadalik yozuvchi va jurnalist Kori Doktorouning fikricha, u MXA xodimlaridan birining yordami bilan jurnalistlar qo‘liga tushgan. Ta’kidlanishicha, Edvard Snoudenning bunga aloqasi yo‘q. U taqdim etgan hujjatlarda bunday ma’lumot bo‘lmagan.
MXAda navbatdagi fosh qiluvchi odam paydo bo‘lgani haqiqat bo‘lsa, u Amerika maxsus xizmatlari boshiga katta muammolar keltirishi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)