Rossiyaning Velikiy Novgorod shahrida 92 yoshli ayol kelin bo‘ldi. Shahar FHDYo bo‘limi boshlig‘i Yelena Poderskayaning aytishicha, bu shaharda ro‘yxatga olingan rekord ko‘rsatkichdir. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
“Bu yil Velikiy Novgorodda kelinning yoshi bilan bog‘liq rekordga da’vogarlik qilgan ikkita to‘y o‘tkazildi. Ulardan birida 90 yoshli, boshqasida 92 yoshli kelinlar turmushga chiqdi”, — dedi FHDYo boshlig‘i.
Uning aytishicha, kuyovlarning yoshi ham ularniki bilan deyarli teng bo‘lgan.
Izoh (0)