Ukraina janubi-sharqida ayirmachilarga qarshi harbiy harakatlar davom etayotgan bir paytda mamlakat Xavfsizlik xizmati va mudofaa vazirligi Gorlovka shahri “xalq meri” Vladimir Kolosnyuk va Slavyansk yaqinidagi ayirmachilarning uch nafari qo‘lga olinishi muhrlangan videoyozuvni e’lon qildi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi ma’lum qilishicha, so‘nggi sutka davomida aksilterrorchilik operatsiyalarida besh nafar Ukraina harbiylari halok bo‘lib, yana 21 nafari yaralangan.
Parlament spikeri Aleksandr Turchinov Oliy Radada so‘zlagan nutqida Ukraina sharqining terrorchilardan to‘liq tozalanib, bosqinchilardan ozod etilishini ta’kidladi.
Izoh (0)