“Yevrosement grup” China CAMC Engineering kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, ushbu kompaniya O‘zbekistonda “Ohangaronsement” korxonasi bazasida “quruq” usulda sement ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod qurilishi uchun jihozlarni yetkazib beradi, loyihalashtiradi hamda xodimlarni o‘qitadi. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Loyiha qiymati 128 million dollarni tashkil etadi. Yangi zavod quvvati yiliga 2,4 million tonna sementdan iborat bo‘ladi. Uni 2016-yilda ishga tushirish rejalashtirilgan.
“Yevrosement grup” xoldingi dunyoning eng yirik sement kompaniyalari o‘ntaligiga kiradi. U Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainadagi 16 ta sement zavodlarini birlashtiradi.
Izoh (0)