Londonda sayr uchun mo‘ljallangan kemachaning Tauer ko‘prigi bilan to‘qnashishi natijasida to‘qqiz kishi jabr ko‘rdi, deya xabar bermoqda BBC News.
4-iyun, chorshanba kuni bortida 130 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kemacha eng yuqori tezligida Tauer ko‘prigining shimoliy qismiga borib urilgan.
Avariyadan so‘ng suv transporti o‘z harakatini Avliyo Yekaterina doklari (kema tuzatiladigan ustaxona)ga qadar davom ettirgan, aynan shu yerdan jabrlanuvchilarni tibbiyot muassasalariga olib ketgan.
“Kun”ning yozishicha, umumiy hisobda besh kishi, jumladan, tos suyagi sinishi va bosh-miya shikastlanishi tashxisi bilan 64 yoshli ayol ham shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu hodisaga qaramay, Temzadagi kemalar harakati to‘xtatilmagan. Avariya sabablarini aniqlash yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)