G7 yetakchilari Suriyadagi prezidentlik saylovlarini qoraladi. Bryusselda tarqatilgan G7 sammiti kommyunikesida shunday deyiladi.
Interfax xabar berishicha, ular shuningdek, BMT Xavfsizlik Kengashida Suriyada davom etayotgan jiddiy jinoyatlar yuzasidan Xalqaro jinoyat sudiga murojaat qilish rezolyutsiyasi loyihasiga Rossiya va Xitoy veto qo‘yganiga afsus bildirdi.
“Biz Asadning shafqatsiz rejimini qat’iy qoralaymiz. U 160 ming kishining umriga zomin bo‘lgan va 9,3 million kishini esa gumanitar yordamga ehtiyojmand qilib qo‘ygan nizolarni keltirib chiqardi. Biz 3-iyundagi soxta prezidentlik saylovlarini qoralaymiz”, — deyiladi kommyunikeda.
Eslatib o‘tamiz, Suriyaning amaldagi prezidenti Bashar Asad davlat rahbarligiga saylovlarda katta ustunlik — 88,7% ovoz bilan g‘alaba qozondi. Endi u yana yetti yil mamlakatni boshqaradi.
Izoh (0)