Ukraina prezidentligiga saylovlarda g‘alaba qozongan Pyotr Poroshenkoning Varshavadagi matbuot anjumanida bayonot berishicha, mamlakat sharqidagi tanglikni hal qilish rejasi “keng amnistiya” va hukumatni markazlashmagan tizimga o‘tkazishni o‘z ichiga oladi. Bu haqda Euronews xabar berdi.
Poroshenko Varshavada qator uchrashuvlar o‘tkazdi, jumladan AQSh prezidenti Barak Obama va Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiy bilan muzokaralar olib bordi.
Muxbirlardan birining “AQShdan olinayotgan yordam Rossiyaning noroziligiga sabab bo‘lmaydimi?” degan savoliga javoban, Poroshenko Rossiyani bundan ham battar norozi qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. “Agar Ukraina o‘z hududini himoya qilish imkoniyatini ko‘rsatib qo‘ymasa, Rossiya yana nimalarni amalga oshirishini aytish qiyin”, — dedi u.
Bundan tashqari, u tinchlik rejasi 7-iyundagi inauguratsiyadan keyin e’lon qilinishini ma’lum qildi.
Izoh (0)