Germaniya federal prokuraturasi GFR kansleri Angela Merkelning telefon suhbatlari AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan yashirincha tinglanganlik ehtimoli bo‘yicha dastlabki tergov ishlarini boshladi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
“Men parlamentning huquq qo‘mitasiga tergov boshlangani haqida xabar berib bo‘ldim”, — dedi Germaniya federal prokurori Garald Range.
Eslatib o‘tamiz, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden o‘tgan yilning yozida OAVga MXA faoliyatiga tegishli maxfiy hujjatlarni taqdim etgan edi. Ular xalqaro shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Xususan, MXA dunyoning 35 nafar yetakchisi telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatgani, ular orasida Angela Merkel ham borligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)