Fransiyada ishga borishda velosipeddan foydalanadigan kishilarni moliyaviy rag‘batlantirishga asoslangan yarim yillik tajriba boshlandi. Reuters xabar berishicha, bunday aksiyalar Yevropaning qator davlatlarida fuqarolar sog‘lig‘ini yaxshilash, yoqilg‘i iste’molini qisqartirish va havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida o‘tkazib kelinmoqda.
Fransiya transport vazirligi bayonot berishicha, mamlakatda o‘n ming kishilik shtatga ega 20 ga yaqin turli kompaniyalar o‘z xodimlariga velosipedda bosib o‘tilgan har bir kilometr yo‘l uchun 25 yevrosent (taxminan 800 so‘m) to‘lashga rozi bo‘lgan.
Fransiya transport vaziri agarda tajriba muvaffaqiyatli kechsa, yanada keng ko‘lamli loyiha o‘tkazishlarini ta’kidladi.
Izoh (0)