Eron yetakchisi oyatulloh Ali Xamenei bayonot berishicha, AQSh Islom Respublikasiga qarshi harbiy aralashuv g‘oyasidan voz kechdi, deya xabar berdi The New York Times.
Oyatulloh Xomeyniy vafotining 25-yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqqan Eron yetakchisi Vashington tajovuzning xavfliligini anglagani va yaqin kelajakda tashqi iqtisodiy muammolar yechimi sifatida harbiy kuchlardan foydalanmasligini ta’kidladi.
Nashrning taxmin qilishicha, Xameneining bunday xulosaga kelishiga Barak Obamaning Vest-Poyntdagi nutqi sabab bo‘lgan. O‘shanda Amerika prezidenti AQShda tashqi siyosat yuritish uchun boshqa “asbob-uskunalar” ham borligini ta’kidlagan edi. “Sizda dunyodagi eng yaxshi bolg‘aning borligi hech ham har bir muammoning mix ekanini anglatmaydi”, — degan edi u.
Shu bilan birga, Xamenei AQShning Eronga qarshi xatti-harakatlarni qo‘llashda davom etayotganini aytdi. “U muxolifat guruhlarini qo‘llab-quvvatlamoqda, norozilik aksiyalariga homiylik qilmoqda, terrorchilik harakatlari uyushtirmoqda”, — dedi oyatulloh.
Izoh (0)