Shveysariyaning Lozanna shahri sudi qaror chiqarib, fashistcha salomlashish doim ham jazoga loyiq emasligini belgiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, an’anaviy fashistcha salomlashish kishining o‘z e’tiqodini aks ettirsa va irqchilik mafkurasini tarqatishga qaratilmagan bo‘lsa, irqiy kamsitish sanalmaydi.
Ushbu qaror avvalroq 150 kishilik namoyishda “Xayl Gitler” jumlasini aytgan holda fashistcha salomlashishni omma oldida amalga oshirgan kishiga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi.
Fashistcha salomlashish xatti-harakatlari hozirgi vaqtda Germaniya, Avstriya va Chexiyada qattiq jazolanadigan jinoyat hisoblanadi.
Izoh (0)