McDonald’s xodimlari ish haqini oshirishni talab qilib namoyish o‘tkazdi
21-may kuni politsiya AQShning Illinoys shtati Chikago shahridagi McDonald’s restoran tarmoqlari bosh qarorgohi yonida bo‘lib o‘tgan norozilik harakatlarida qatnashgan yuzdan ortiq kishini hibsga oldi. Namoyishga jami ikki mingga yaqin kishi chiqdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Namoyishchilar minimal ish haqini ikki marta – soatiga 15 dollargacha oshirishni va kasaba uyushmasi tuzish huquqini berishni talab qildi.
Huquqni himoya qilish organlari xodimlari aksiya ishtirokchilaridan tarqalishni so‘radi, qarshilik bildirganlar qo‘lga olindi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar
