• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chetdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka uch yilga bojxona bojidan ozod qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Omilkorlik va tarkibiy o‘zgarishlar tufayli qishloq xo‘jaligi maydonlaridan mo‘l hosil olinmoqda. Shu bilan birga, boshqa yerlarni ham “iqtisodiy aktiv”ga aylantirish, odamlarni ishli qilib, daromadini oshirish choralari ko‘rilayapti.

    Masalan, 5 milliondan ziyod xonadonda 508 ming gektar tomorqa, avval tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklarida 17 ming gektar va so‘nggi yillarda aholiga tarqatilgan 260 ming gektar yer bor. Bu oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda eng katta zaxira.

    O‘tgan 7 yilda tomorqa egalari va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 2,3 trillion so‘m imtiyozli kredit va 265 milliard so‘mlik subsidiya berilgan. Odamlarning ko‘nikmasidan kelib chiqib, 5 145 ta mahalla meva-savzavot yetishtirish, ko‘katchilik, limonchilik kabi yo‘nalishlarga ixtisoslashtirilgan.

    Eng asosiysi, odamlar yerga ishlashni, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llashni yaxshi o‘rgandi. Ilgari tomorqada gektaridan o‘rtacha 18 tonna mahsulot olingan bo‘lsa, hozirda bu 2 karra oshib, 38 tonnaga yetdi.

    Mahallalarda qo‘shimcha 470 ming tonna meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlari yaratildi. Bu borada yaxshi tajriba yaratgan tuman va mahallalar juda ko‘p. Asaka, Jondor, Shahrisabz, Uychi, Qiziltepa, Yangiyo‘l, Toyloq, Angor, Quva, Oltiariq kabi o‘nlab tumanlarda odamlar tomorqadan 2-3-marta hosil olib, bir sotixdan o‘rtacha 15-20 million so‘m daromad topayapti.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bunday ishlarni boshqa joylarda ham rivojlantirish uchun aholi, qayta ishlovchilar va eksportchilarning takliflari o‘rganildi.

    Masalan, samarqandlik bog‘bonlar uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazish uchun subsidiya berishni so‘ragan. Bunday usulda hosil 2 karra oshadi. Bu qo‘llab-quvvatlanib, har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Shuningdek, mayizni osma usulda quritish uskunalari uchun oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida imtiyozli kredit berilishi aytildi.

    Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Tasmasoy mahallasida 875 ta xonadon tomorqasida sitrus meva ko‘chati va limon yetishtirib, har biri yiliga 200 million so‘mgacha daromad olayapti. Sariosiyo va Oltinsoydagi mingdan ziyod xonadonlar ham “handak” va “termos” usulida limon yetishtirish tashabbusini bildirgan.

    Yangiyo‘llik dehqonlar ham o‘zimizning ko‘kat urug‘lari yo‘qolib ketgani, sifatli nav yetishmasligini aytgan. Bular bo‘yicha vaziyatni o‘nglash, aholi tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Davlat rahbari tomorqa va dehqonchilik yerlarida yuqori daromadli va eksportbop ekinlar ekish, ularning hisobini yuritish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni maʼlum qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuziladi. U aholini o‘qitishdan tortib, urug‘, ko‘chat yetkazish, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va eksportga chiqarish zanjirini yaratish bilan tizimli shug‘ullanadi.

    Mazkur kengash boshqaradigan “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi. Bunda 9 ta davlat banki ushbu xolding tarkibida meva-sabzavotchilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan 15 ta kompaniya ochadi. Ushbu kompaniyalar meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha o‘z brendini yaratgan 15 ta drayver tumanni yangi bosqichga olib chiqib, ularning tajribasini yana 72 ta tumanda ommalashtiradi.

    Har bir kompaniyaga byudjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. Bunga qo‘shimcha banklar ham o‘zlari masʼul bo‘lgan ixtisoslashgan kompaniyaga 10 million dollardan yo‘naltiradi. Tomorqa kengashida alohida jamg‘arma tashkil qilinib, dastlabki bosqichda 260 milliard so‘m pul va 1,2 trillion so‘mlik kredit portfeli beriladi.

    Buning hisobiga bank rahbarlari biriktirilgan tumanlardagi ixtisoslashgan mahallalar aholisini o‘ziga mijoz qilib, mablag‘ bilan taʼminlaydi. Tomorqada hosilni ko‘paytirish uchun chetdan yangi texnologiya va ekspertlar olib keladi. Xonadonlarga hosildor urug‘ va ko‘chat, sifatli o‘g‘it yetkazish, agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, mahsulotini qayta ishlash, saqlash va eksport qilishda ko‘maklashadigan tizim tashkil etiladi.

    Urug‘chilik institutlari bilan hamkorlik rivojlantiriladi. Tanlab olingan tumanlarda “yashil” issiqxonalar tashkil etilib, namuna qilinadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Umuman, aholi tomorqasida oziq-ovqat yetishtirishni moliyalashtirish uchun qariyb 5 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilandi.

    Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

    Jumladan, mahalla va xonadonlarda muzlatkich, qadoqlash, quritish, qayta ishlash omborlari va issiqxonalar qurilib, aholiga 5 yilda bo‘lib to‘lash sharti bilan tayyor holda beriladi. Tomorqa xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga 7 yil muddatga 17,5 foizli imtiyozli kredit ajratiladi. Aholi va dehqonlarning eng namunali loyihalari uchun har yili 20 milliard so‘mlik grantlar eʼlon qilinadi. Bunda 500 ta mahalladagi eng zo‘r loyihaga 40 million so‘mdan grant beriladi.

    Shu bilan birga, mahallada eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta-dehqonlarga 100 million so‘mgacha, qisqa muddatli o‘quv kursini tashkil qilganlarga 5,5 million so‘m subsidiya ajratiladi. Suv taʼminoti og‘ir joylarda yomg‘ir suvini to‘plash va saqlash sig‘imini qurish xarajatining yarmi qoplab beriladi.

    Yana bir yangilik – Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash loyihalariga kredit ajratishda garov talab qilinmaydi. Bunda sug‘urta polisining o‘zi yetarli bo‘ladi. Dehqonlarga ortiqcha hujjatlarsiz imtiyozli kredit beriladi.

    Tomorqa va dehqon xo‘jaligi yerlari, ularda yetishtirilgan mahsulot hisobini yuritish bo‘yicha ham yangicha tizim bo‘ladi. Buning uchun yil yakunigacha tomorqalar va ekin yerlari alohida tasniflanadi. Ularda nima ekilgani “onlayn mahalla” platformasiga kiritiladi.

    Yerdan samarali foydalanib, bir sotixda 5 million so‘mdan yuqori rasmiy daromad olayotgan dehqonlarga yer solig‘ining 90 foizi “keshbek” sifatida qaytarib beriladi. Aksincha, tomorqasiga ekin ekmaganlardan yer solig‘i oshirilgan miqdorda undiriladi.

    Hozir bu sohada “raqamli bozor” bo‘lmagani uchun dehqonlar meva-sabzavotiga xaridor, qayta ishlovchi va eksportchilar esa mahsulot qidirib yuribdi. Shu bois ularni o‘zaro bog‘laydigan “market pleys” ishga tushiriladi.

    Oxirgi uch yilda 260 ming gektar yer aholiga bo‘lib berilgan edi. Endi bu takomillashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax va Toshkent viloyatida bo‘sh turgan 3 300 gektar yer tajriba tariqasida yangicha tartibda ijaraga beriladi. Bunda, konturlar 3 gektardan 50 gektargacha yaxlit holda savdoga qo‘yilib, 49 yilga ijaraga beriladi.

    Eng muhimi, bu yerlar tuproq tarkibi va sifati tahlili, kafolatli suv limitini eng past va eng yuqori chegaralari ko‘rsatilgan holda auksionga qo‘yiladi. Bunda, nafaqat shu hududdagi, balki boshqa viloyatdagi tadbirkorlar ham qatnashib, yer olishi mumkin bo‘ladi. Auksion boshlang‘ich narxni pasaytirib borish va bir yo‘la to‘lash sharti bilan o‘tkaziladi. U yerlarning bir qismiga saqlash va qadoqlash quvvatlari qurishga ham ruxsat beriladi.

    Kelgusi yildan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq hisoblash tartibi ham o‘zgaradi. Ijaraga berilgan yerning ball-boniteti oshsa, to‘lanadigan soliq o‘zgarmaydi, aksincha tushib ketsa, soliq stavkasi 3 karra oshadi.

    Mamlakatda eng ko‘p isteʼmol qilinadigan mahsulotlardan biri kartoshkadir. 290 ming gektarda ekilsa ham, ehtiyojning bir qismi importdan qoplanayapti. Negaki nav va hosildorlik yaxshi emas.

    Shu bois Kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutiga iqlimga mos, serhosil navlarni yaratish, “in-vitro” usulida yiliga 3 million dona tuganaklar yetishtirib, tarqatish vazifasi qo‘yildi.

    Bu yil kartoshkachilikni rivojlantirish uchun Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan 400 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Chetdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka uch yilga bojxona bojidan ozod qilinadi. 2027-yildan kartoshkaga ehtiyoj to‘liq ichki imkoniyat hisobidan qoplanishi rejalashtirilgan.

    Shuningdek, mahsulot yetishtirish va qayta ishlash uchun texnikalar yetkazib berish, dehqonlarga qulay lizing mahsulotlari taqdim etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda davlat rahbari hududlardagi usta dehqonlar va tomorqa egalari bilan muloqot qildi. Ulardan biri – hovlisidagi issiqxonada yiliga 4-marta hosil olib, yuqori daromad topayotgan qoraqalpog‘istonlik Genjimurat Turdimuratov “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rildi.

    Mutasaddilar va bank rahbarlari ushbu yangi tashabbuslarni joriy qilish, 1 million 500 ming aholi bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha axborot berdi.

    30 yanvar, 16:46   Izoh (0)   3076
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#tomorqa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Daryo” dayjesti: 9-aprelning eng muhim xabarlari

    09.04.2024, 22:15

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, Qozog‘iston xalqiga hamdardlik bildirdi

    23.04.2024, 12:37

    Shavkat Mirziyoyev tuman darajasidagi 382 nafar mas’ul ishdan olinganini aytdi 

    10.05.2024, 15:47

    “Daryo” dayjesti: 10-mayning eng muhim xabarlari

    10.05.2024, 22:20

    Prezident Bag‘dod tumanidagi “Yuksalish” mahallasini borib ko‘rdi (foto)

    11.07.2024, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari o‘zini oqlaganini aytdi

    17.07.2024, 11:25

    Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi

    06.08.2024, 21:18

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etildi

    04.09.2024, 09:15

    Prezident ish to‘g‘ri tashkil qilinmagani uchun meva-sabzavot eksporti hajmida katta o‘zgarish sezilmayotganini aytdi

    28.11.2024, 17:36

    “Oilaviy tadbirkorlik” dasturidagi 100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi

    28.11.2024, 18:03

    “Muhtoj bo‘lmaganlarga asossiz nafaqa to‘lashning oldi olindi”. Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ijtimoiy himoya tizimiga oid yig‘ilish boshlandi

    13.12.2024, 11:10

    Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    27 yanvar, 12:53

    O‘zbekiston — Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmi 2024-yili 1,1 mlrd dollardan oshdi

    27 yanvar, 18:15

    Prezident energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi

    27 yanvar, 21:30

    Hindistonlik raqibasining qo‘lini siqmagani ortidan tanqidlarga uchragan Nodirbek Yakubboyev, Andijonda 11 yoshli qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak, harakatlanish 3...

    27 yanvar, 22:45

    O‘zbekiston chegara punktlarida avtomobillar uchun elektron navbat joriy etiladi

    28 yanvar, 11:15

    Unutilgan ochiqlik va hisobdorlik: o‘zbekistonliklar Markaziy Osiyo xalqlari orasida haj ziyorati uchun eng ko‘p pul sarflaydi

    28 yanvar, 20:19

    “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kirgan oilalarga ko‘rsatiladi

    28 yanvar, 17:30

    O‘zbekistonda 2030-yilga borib “yashil” energiya ulushini jami generatsiyada 50 foizdan oshirish rejalashtirilmoqda

    28 yanvar, 18:55

    AQSH Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etadi 

    29 yanvar, 17:30

    “Islom sivilizatsiyasining, islom taʼlimotining zamini, aslida, ilm-fan, madaniyat, taʼlim va tarbiyadir” — prezident

    29 yanvar, 20:54

    Qaynona-kelin janjali sabab kuyib qolgan chaqaloq, huquqbuzarlik qilishi ehtimoli bo‘lgan kishilarning ro‘yxati, KHAY yo‘lidan Maxtumquli ko‘chasiga ochilgan yangi...

    29 yanvar, 23:16

    Suriyaning yangi hukumati Rossiyadan Asadni topshirishni talab qildi 

    29 yanvar, 22:35

    O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasida Anqara deklaratsiyasi imzolandi

    30 yanvar, 09:05

    Vashingtonda vertolyot va yo‘lovchi samolyoti havoda to‘qnashdi (video)

    30 yanvar, 08:23

    Al-Juloniy Suriyaning yangi prezidenti deb e’lon qilindi

    30 yanvar, 09:07

    O‘zbekistonda tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuchaytiriladi

    30 yanvar, 12:45

    Turkmanistonda Berdimuhamedovlar tasviri bor gazetalarni ifloslash taqiqlandi

    30 yanvar, 10:57

    Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

    30 yanvar, 12:10

    Kim Chen In yadroviy materiallar ishlab chiqarishni oshirishni buyurdi

    30 yanvar, 13:25

    Selena Gomesga meksikaliklarni qo‘llab-quvvatlagani uchun AQSHdan deportatsiya bilan tahdid qilishdi

    30 yanvar, 14:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi

    O‘zbekiston | 18 may, 12:30

    “Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

    Sport | 18 may, 11:55

    Rossiya maktablarida o‘qish uchun imtihondan o‘tolmagan migrant bolalarni vataniga qaytarib yuborish taklif qilindi

    Dunyo | 18 may, 11:28

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13

    Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 09:58

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.