• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda gibrid avtomobillarga ekologik sertifikat talab etilmaydi

    O‘zbekistonda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishda gibrid avtomobillar uchun majburiy ekologik sertifikatlash talabi bekor qilindi. Bu haqda Senatning 28-may kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida ma’lum bo‘ldi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mamlakatga olib kirilayotgan gibrid avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirish jarayonida “Yevro-4” ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat (narxi taxminan 2 mln so‘m) talab etilayotgani jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Vaholanki, ushbu transport vositalari “Yevro-5” yoki “Yevro-6” ekologik standartlariga javob beradigan elektrodvigatellar bilan jihozlangan holda olib kirilmoqda.

    May oyining boshlarida gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi.

    Unda quyidagilar bo‘yicha  tushuntirish berish so‘ralgan:

    • respublikada faoliyat olib borayotgan ekologik sertifikatlash organining tashkiliy-huquqiy asoslari, faoliyatini tartibga solish tartib-taomillari;
    • avtomobillarni ekologik standartdan o‘tkazuvchi akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyalari, ularning moddiy-texnik bazasi, avtomobillarni sinovdan o‘tkazish qamrovi va imkoniyatlari;
    • elektrodvigatellar bilan jihozlangan gibrid avtomobillarni rasmiylashtirish jarayonida ekologik sertifikat olish to‘g‘risidagi talabning meʼyoriy-huquqiy asoslari;
    • arizani ko‘rib chiqish, ekologik sertifikatlash jarayonini amalga oshirish va ekologik sertifikat berish yoki uni berishni rad etish yuzasidan ishlar qiymati bo‘yicha belgilangan to‘lov miqdori masalalariga aniqlik kiritish.

    28-maydagi yalpi majlisda Senat a’zosi vazirlikning senator so‘roviga javobida ayrim ma’lumotlar tushib qolgani, ularga aniqlik kiritilmagani, bu tufayli senatorlar odamlarga masala yuzasidan aniq javob berolmaganini aytdi. U majlisda ishtirok etayotgan Ekologiya vazirligi va Bojxona qo‘mitasi mas’ullaridan hozirgi kunda gibrid avtomobillarni mamlakatga import qilishda ekologik sertifikat talab qilinayotgani yoki yo‘qligi haqidagi savolga aniq javob berishni so‘radi.

    Ekologiya vaziri birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov bunga javoban amaldagi qonunchilikka ko‘ra, gaz, benzin va dizelda yuradigan mashinalardan ekologik sertifikat so‘ralishi, lekin elektromobillar bundan ozod qilinganini bildirdi. Gibrid mashinalar haqida esa aniq norma yo‘qligi sababli tushunmovchilik kelib chiqqan va sertifikat talab qilingan.

    Hozirda buni aniq belgilab qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan va u vazirlik hamda idoralar bilan kelishilganini, qisqa muddatda Adliya vazirligidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini aytdi. Ayni vaqtda mamlakatga olib kirilayotgan gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab qilinmayotganini bildirdi. 

    Tanzila Norboyeva bungacha mazkur sertifikat bo‘yicha odamlardan to‘lov undirilganini ta’kidlab, vazir o‘rinbosariga bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini so‘radi.

    “Sertifikatlash bugungi kunda umuman talab etilmayapti. Bu masala ko‘tarilganda biz tegishli aniqlik kiritib, ko‘rsatmalar berdik. Bojxona qo‘mitasi bilan kelishib olindi. To‘lov undirilmasligi kerak”, dedi Obidjon Qudratov.

    Lekin hozirgi kungacha bunday sertifikat nechta avtomobilga rasmiylashtirilgani va qancha to‘lov undirilgani, pullar ularning egalariga qaytarish-qaytarilmasligiga aniqlik kiritilmadi.

    30 may, 17:20   Izoh (0)   1126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #elektromobil#gibrid avtomobillar#ekologik sertifikat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 11 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ochiqlandi

    22.12.2024, 23:25

    O‘zbekistonga 11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi

    24.12.2024, 18:20

    Dekabrda ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi — tadqiqot

    16 yanvar, 22:35

    Endi elektromobillar uchun 45 mln so‘mdan 78 mln so‘mgacha utilizatsiya yig‘imi undiriladi

    4 fevral, 23:10

    O‘zbekistonga 2024-yili qancha elektromobil import qilingani ochiqlandi

    6 fevral, 21:00

    O‘zbekiston ikkilamchi avtomobil bozorida yanvar oyida pasayish davom etdi – tahlil

    12 fevral, 21:40

    O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin kamaydi

    24 fevral, 17:35

    Mercedes-Benz kompaniyasi video o‘yin tizimiga ega aqlli elektromobillarni taqdim etdi

    18 mart, 10:51

    O‘zbekistonda Leapmotor avtomobillari importi cheklandi 

    1 aprel, 17:43

    Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Leapmotor importi cheklangani haqida: “BMT belgilagan xavfsizlik talablariga javob bermaydi”

    1 aprel, 21:05

    O‘zbekistonda 1-maydan utilizatsiya yig‘imi faqat elektromobillar uchun undiriladi 

    8 aprel, 13:52

    Toshkentda elektromobillar uchun ultra-tez zaryadlash stansiyasi ishga tushirildi

    9 aprel, 15:00

    Elektromobil egalari diqqatiga: Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan 480 kVt li quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi

    9 aprel, 19:30

    Toshkentda Zeekr elektromobili yonib ketdi (video) 

    10 aprel, 10:38

    Leapmotor’ga shartli ravishda avtomobillarini sotishga ruxsat berildi

    14 aprel, 23:25

    Jizzaxda harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

    9 may, 19:51

    iPhone smartfonlari 10 yil ichida odamlarga keraksiz bo‘lib qolishi mumkin

    10 may, 17:40

    Ilon Mask yana janjal markazida: nima uchun milliarder ko‘p farzandli bo‘lishga bunchalik berilib ketgan?

    20 may, 19:55

    Soliq idoralari mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24 may, 15:31

    O‘zbek shou-biznesi vakillari qanday avtomobillarni afzal ko‘rishadi?

    26 may, 18:45

    Toshkentda Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq kelishuvlar imzolandi

    26 may, 09:27

    Namanganda haydovchi YTH oqibatida avtomobili bilan birga yonib ketdi

    27 may, 09:14

    Braziliya prokuraturasi BYDʼni sudga berdi

    28 may, 16:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shampun saratonni keltirib chiqarishi mumkinmi?

    Layfstayl | 2 iyun, 17:05

    “10 marta qizil chiroqdan o‘tgan haydovchini potensial qotil deyish mumkin” — Zoir Yo‘ldoshev

    O‘zbekiston | 2 iyun, 16:55

    Gilos sog‘liq uchun foydami yoki zarar?

    Layfstayl | 2 iyun, 16:48

    “Real” Modrich o‘rniga 100 mln yevrolik futbolchi xarid qilmoqchi

    Sport | 2 iyun, 16:32

    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi

    Reklama | 2 iyun, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.