• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi. Bu haqda “Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida belgilandi.

    Foto: Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi

    Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatchilarining malakasini muntazam oshirib borish va qayta tayyorlash, shuningdek, boshqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlarida o‘qitish belgilandi.

    Farmonga ko‘ra, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining Vasiylik kengashi tuziladi.

    2025-yil 1-iyuldan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi hamda malaka oshirishning an’anaviy, muqobil va mustaqil shakllari joriy etiladi.

    Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-oktyabrdan akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi. Qisqa muddatli kurslar yakunlari bo‘yicha davlat xizmatchilarining olgan bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi.

    2026-yil 1-yanvardan boshlab Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida muddati 6 oygacha bo‘lgan quyidagi qayta tayyorlash ta’lim dasturlari joriy etiladi:

    • geosiyosat, global xavfsizlik, barqaror rivojlanish, loyiha boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda Prezident Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq tashkil etiladigan maxsus kurslar;
    • “Rahbar ayollar” dasturi (tashabbuskor ayollarning rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida);
    • “Kelajak liderlari” dasturi (istiqbolli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish maqsadida);
    • “Tizimli tahlil, strategik rejalashtirish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish” dasturi;
    • “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va xorijiy investisiyalarni jalb etish” dasturi;
    • “Kadrlar zaxirasini shakllantirish va inson resurslarini rivojlantirish” dasturi;
    • “Davlat dasturlari va loyihalarini samarali boshqarish” dasturi.

    Qayta tayyorlash ta’lim dasturlariga nomzodlar ro‘yxatini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi shakllantiradi hamda har yili 1-iyulga qadar akademiyaga taqdim etib boradi.

    2025/2026-o‘quv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

    2026/2027-o‘quv yilidan:

    • “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
    • yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
    • magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari va modullar bo‘yicha tashkil etiladi.

    Davlat boshqaruvi akademiyasini  Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etish ko‘zda tutilayotgani 5-may kuni Shavkat Mirziyoyev istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishganida ma’lum qilingandi. Akademiyada ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berish, nufuzli xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun Xalqaro akademik maslahat kengashi tuziladi.

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi haqida

    Akademiya davlat tomonidan moliyalashtiriluvchi va o‘ziga xos oliy ta’lim muassasa bo‘lib, u Toshkent shahrida joylashgan. 1995-yil may oyida Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi sifatida tashkil topgan mazkur ta’lim muassassasi prezident tomonidan tashkil etilgan yagona bilim yurti bo‘lib, unda ham markaziy, ham mahalliy xukumat idoralari xodimlari uchun ilmiy daraja beruvchi hamda ilmiy daraja bermaydigan turli dastur va kurslar taqdim etiladi. 2012 yilda mazkur bilim yurti Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi sifatida qayta tuzilgan.

    Milliy va hududiy xokimiyat boshqaruv tizimidagi xodimlarni onlayn va bevosita samarali tayyorlash va qayta tayyorlash, hamda ma’muriy boshqaruv tizimini rivojlantirish, faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni o‘rganish orqali davlat boshqaruvini rivojlantirish ushbu oliy o‘quv yurtining asosiy maqsadidir.

    13 may, 12:16   Izoh (0)   3238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Davlat boshqaruvi akademiyasi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritildi

    27.09.2022, 18:58

    Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi davomida 15 ta hujjat imzolandi

    05.10.2022, 07:36

    “O‘zbekneftgaz”: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy mavsumda 20 ming tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekildi

    07.11.2022, 18:00

    Oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz kelajagiga kiritilayotgan eng katta sarmoyadir

    30.11.2022, 10:53

    Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz kelajagiga kiritilayotgan eng katta sarmoyadir

    30.11.2022, 11:17

    Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi

    24.12.2022, 23:08

    O‘zbekistonning 200 nafarga yaqin davlat xizmatchisi Singapurda malaka oshiradi

    16.01.2023, 21:00

    Shavkat Mirziyoyev Singapurda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

    17.01.2023, 11:53

    Shavkat Mirziyoyev Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    17.01.2023, 22:06

    O‘zbekiston hamkori: Hashamatdan holi, dunyoda top o‘nlikda, Osiyoda birinchi Li Kuan Yu maktabi (foto)

    19.01.2023, 18:50

    “Bu yerda talabaga majburan ‘mana buni o‘qiysan’ deyilmaydi” — Singapurdagi Li Kuan Yu maktabida tahsil olayotgan yagona o‘zbek talabasi

    21.01.2023, 17:50

    Ulug‘bek Ro‘ziqulov yana “O‘zavtosanoat” raisi etib tayinlandi

    24.03.2023, 17:58

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov lavozimidan ozod etildi

    11.04.2023, 11:52

    Xorijlik ekspertlar konstitutsiyaviy islohotlar va yangilanayotgan Konstitutsiyani yuqori baholadi

    20.04.2023, 20:35

    O‘zbekistonda Singapurning davlat boshqaruvi va boshqaruv kadrlarini tayyorlash borasidagi tajribasi joriy etilishi mumkin 

    24.05.2023, 15:53

     O‘zbekiston—Singapur qo‘shma taʼlim markazi ochildi

    25.05.2023, 10:00

    Putin SHHT sammitida ishtirok etadi

    02.07.2023, 17:59

    Salom Samadovga Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘i lavozimini vaqtincha bajarish yuklatildi

    29.08.2023, 09:01

    Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat) 

    29.09.2023, 22:07

    O‘zbekistonda “Beeline Academy” ochildi

    03.10.2023, 19:30

    Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

    26.02.2024, 12:30

    Davron Hidoyatov “O‘zavtosanoat” boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi  

    18.03.2024, 11:52

    Kitob tumaniga yangi hokim tayinlandi

    02.04.2024, 09:28

    Polshaning Akademik almashinuv milliy agentligi o‘zbekistonlik talabalar uchun har yili grantlar va stipendiyalar taqdim etishi kutilmoqda

    07.05.2024, 19:47

    O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Janubiy Koreyaning ixtisoslashtirilgan markazlarida malaka oshiradi

    14.06.2024, 14:37

    Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan qo‘shma maktabni ochib berdi

    16.09.2024, 12:34

    Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    10.10.2024, 16:12

    O‘zbekistonda yangidan shakllangan Senat tarkibi ma’lum qilindi 

    17.11.2024, 10:49

    O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi loyihasi bo‘yicha aholi fikri qabul qilinadi

    2 fevral, 16:06

    Andijon voqealari “aybdori”, maxfiy agent va “to‘dalarga qo‘shilgan” general: O‘zbekiston ichki ishlar vazirlarini yodga olamiz

    7 mart, 13:50
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    2025-yilgi Nikon Comedy Wildlife mukofotining 10 ta eng kulgili jonivorlar suratlari eʼlon qilindi

    Layfstayl | 5 iyun, 15:45

    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

    Reklama | 5 iyun, 15:00

    Ayrim o‘zbekistonliklar BAAga kirishda hali ham qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 15:33

    Putindan Qozog‘istondan ijaraga olingan yerlarni qaytarishni talab qilgan ayol qamaldi

    Dunyo | 5 iyun, 15:25

    Nega bir samolyotdagi ikki uchuvchiga parvoz vaqtida bir xil taom berilmaydi?

    Layfstayl | 5 iyun, 15:10

    Britaniya qirollik oilasi Keyt Middlton o‘limi ehtimoliga reja ishlab chiqdi

    Dunyo | 5 iyun, 14:55

    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

    Reklama | 5 iyun, 13:30

    Lamin Yamal “Real”da o‘ynaydimi?

    Sport | 5 iyun, 14:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.