Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi hafta Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitida telekonferensiya orqali ishtirok etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bundan tashqari u Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi davlat boshqaruvi oliy maktabi bitiruvchilari bilan ham uchrashadi. Kelgusi hafta Putin Rossiya hukumati aʼzolari va Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
Avvalroq Hindiston Tashqi ishlar vazirligi SHHT Davlat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi sammiti virtual formatda 4-iyul kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi.
Ayni paytda, Rossiya prezidenti shu yilning avgust oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Janubiy Afrika Respublikasidagi (JAR) BRIKS sammitida ishtirok etishi kutilmoqda. JAR Tashqi ishlar vazirligi BRIKS sammitining barcha ishtirokchilariga diplomatik immunitetlar berilishini kafolatlagan.
Biroq mamlakat rasmiylari Rossiya prezidentini hibsga olishga “order” bergan Xalqaro jinoiy sud talablari bajarilishi yuzasidan muhokamalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uni Xitoy foydasiga o‘tkazishdan bosh tortishi mumkin.
Izoh (0)