Adham Ikromov 24-dekabr kuni Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov o‘z ishini davom ettirmoqda. Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi yangi ta’sis etilgan lavozim bo‘lib, unga prezident tavsiyasi bo‘yicha Adham Ikromov saylangan. Ikromov sportni rivojlantirish vaziri sifatidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Adham Ikromov 1968-yil 20-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat arbobi, sportni rivojlantirish vaziri. 1986—1990-yillarda Leningrad harbiy tibbiyot akademiyasida, 1990—1992-yillarda Toshkent tibbiyot institutida tahsil olgan.
2017-yil qisqa muddat prezidentning tashkiliy-kadr masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari va prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi rektori, 2017—2022-yillarda Savdo-sanoat palatasi raisi vazifalarida faoliyat olib borgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)