• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu yerda talabaga majburan ‘mana buni o‘qiysan’ deyilmaydi” — Singapurdagi Li Kuan Yu maktabida tahsil olayotgan yagona o‘zbek talabasi

    Sayqalbek Allayorov 1989-yil 26-yanvar kuni Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tavallud topgan. Termizdagi o‘rta maktab, Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi nafis san’at litseyi hamda Toshkent davlat yuridik institutini, Janubiy Koreyadagi Koreya taraqqiyot institutining (KDI) Davlat boshqaruvi yo‘nalishi magistraturasini tamomlagan.

    Ish faoliyatini dadasining qo‘l ostida advokatlik byurosida boshlab, turli tashkilotlarda yuridik xizmat xodimi, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, Surxondaryo viloyati hokimligi yuridik xizmat boshlig‘i lavozimlarida davom ettirgan. 2022-yilning avgustidan Singapur Milliy universitetining Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabida Davlat boshqaruvi yo‘nalishida tahsil olmoqda.

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    “Huquqshunoslar oilasida dunyoga kelganman”

    Men huquqshunoslar oilasida dunyoga kelganman. Dadam Choriyor Allayorov ko‘p yillar davomida sud va adliya organlarida faoliyat yuritgan. Ularning insonlarni qonun-qoidalarni majburan qo‘llash orqali boshqarib bo‘lmasligi, balki shaxsning huquq va erkinligini ta’minlagan holda boshqarish samara berishi, shunga ko‘ra qonun hujjatlari har tomonlama mukammal, tushunarli va puxta ishlab chiqilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrlari huquq sohasini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishimni uyg‘otgan.

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Huquq sohasidagi o‘n yildan ortiq mehnat faoliyatim davomida turli tashkilotlarda ishladim, eng samarali faoliyatimni Surxondaryo viloyat Аdliya boshqarmasida olib bordim. U yerda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti borasida bilim va tajribamni oshirdim, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni tushunarli, oddiy va lo‘nda yozish mexanizmlarini o‘rgandim. Adliyada olgan bilim va tajribam viloyat hokimligi yuridik xizmatida ishlaganimda yordam berdi. Chunki ushbu lavozim juda mas’uliyatli bo‘lib, hokimlikning barcha turdagi hujjatlari yuridik xizmat xodimining ushbu hujjatlar amaldagi qonunlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasidan so‘ng qabul qilinadi.

     Singapur tomon yo‘l 

    Davlat tizimi tashkilotlaridagi mehnatim davomida qanday qilib samarali davlat boshqaruvini tashkil etish, kam xarajat qilib xalqqa ko‘proq foyda keltirish mumkinligiga qiziqar edim. Ayni qiziqishlarim meni shu yerga olib kelgan deya olaman. 2022-yilning avgustidan Singapur Milliy universitetining Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi Davlat boshqaruvi yo‘nalishida Lee Foundation granti asosida tahsil olyapman. Ushbu grant kontrakt to’lovlarini 100 foiz qoplash bilan birga Singapurga kelish-ketish xarajati, hayot sug‘urtasi, oylik stipendiya ham ajratadi. Bundan tashqari, kitoblar sotib olish va yangi kelgan talabaning muhitga moslashib ketishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

    Ilk marta o‘qishga kelgan kunim hammaga O‘zbekistondan ekanligimni aytsam, “Pokistondanmisiz?”, deya qayta savol berishar edi. Shunda “yo‘q, O‘zbekistondanman, u Markaziy Osiyoda joylashgan, bizning mamlakat sizlarnikidan hudud jihatidan ancha katta, aholimiz ko‘p. Siz bir O‘zbekistonga boring, mehmondo‘st xalqimiz hamda boy tariximiz, madaniyatimiz bilan tanishing” deb aytardim.

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    “Talabaga majburan ‘mana buni o‘qiysan’ deyilmaydi”

    Li Kuan Yu maktabida ta’lim asosan 3 yo‘nalishda: Davlat boshqaruvini ishlab chiqish, Davlat boshqaruvini amalga oshirish va Tashqi siyosatini samarali yuritishni o‘rgatish kabi sohalarda olib boriladi.

    Davlat boshqaruvini amalga oshirish (Public Administration) yo‘nalishi 1 yillik bo‘lib, davlat boshqaruvi sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega talabalar qabul qilinadi. Ushbu yo‘nalishda o‘qish davomida siz jami 40 ta kreditni yopishingiz kerak, ya’ni har bir fandan 4 tadan kredit beriladi. Shuningdek, 4 ta asosiy fan (Core module) olishingiz shart bo‘lib, qolgan fanlarni qiziqishingizga qarab tanlaysiz. O‘qish davomida xalqning birlamchi ehtiyojlarini ta’minlash, davlatni iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, transport sohasini takomillashtirish, xalqaro mavqeyini o‘stirish, migrantlar huquqlari, bozor iqtisodiyotini tartibga solish, makro va mikroiqtisodiyot, inson kapitalini o‘stirish, pensiya va ijtimoiy ta’minot masalalarini o‘rganish, liderlik qobiliyatini o‘stirish bo‘yicha fanlar o‘tiladi. 80 foiz talabalar dunyoning turli burchaklaridan kelganligi uchun bu yerda kitob o‘qishdan ham ko‘ra bir-birimizni tinglab ko‘proq narsa o‘rganishimiz mumkin. Interaktiv, kreativ o‘qitish metodikasi kuchli. Bu yerda talabaga majburan ‘mana buni o‘qiysan’, deyilmaydi, aksincha o‘qituvchilar aynan individual yondashuv tarafdori.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Singapur xalqi 

    Singapur xalqi to‘g‘ri xalq, yolg‘on gapirmaydi, bir-birini aldamaydi, qonunlarni hurmat qiladi, bergan va’dasining ustidan chiqadi, birovning qarindoshini qo‘llash, kimgadir pora berish kabilardan yiroq. Yana bir o‘ziga xos tomoni, jamoatchilik nazorati kuchli, qayerdadir qonun yoki tartib-qoidalar buzilayotganini ko‘rishsa darrov tegishli idoralarga xabar berib chora ko‘rishni talab qilishadi. Bu yerda jarimalar katta, bir-biri bilan urishish, yoqalashish, birovga jarohat yetkazishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishga undaydi. Shuning uchun deyarli hech qayerda janjalga guvoh bo‘lmaysiz. Pulini to‘lab qutulib qolib, yana qoida buzishga yo‘l bermaslik uchun aholining to‘lov qobiliyati yuqoriligini inobatga olgan holda jarimalarning yuqori darajasi belgilangan. Yana bir tomoni, aholi tabiatga nisbatan o‘ta ehtiyotkor. Masalan, kimningdir uyidan ilon yoki boshqa biror jonzot chiqib qolsa “o‘ldir, o‘ldir”, demasdan, tegishli xizmatlarga darrov qo‘ng‘iroq qilishadi.

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Transport tizimi va kommunal xizmatlari

    Singapurda transport, xususan jamoat transport tizimi mukammal ishlab chiqilgan. Avtomobillar narxlari baland bo‘lgani sababi aholi nisbatan ancha qulay grafik asosida qatnaydigan avtobus va metrodan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Deyarli barcha hududlarda metro bor, avtobuslar ham o‘z vaqtida keladi. Shunday ekan, odamlar shaxsiy avtomobilga ehtiyoj sezmasdan davlat taqdim etayotgan jamoat transportidan bemalol foydalanadi. Menga bu yerdagi transport tizimi juda yoqadi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hayron qolishingiz mumkin, lekin Singapurda isitish tizimi yo‘q, sababi bu mamlakatda qish bo‘lmaydi. Ammo sovitish tizimlari barcha binolarda keraklicha ishlab turadi. Mamlakat nam va issiq iqlimga egaligi sababli sovitish tizimi mukammallikni talab etishi tabiiy. Va bularning barchasiga katta miqdorda elektr energiyasi kerak. Masalan, biz yashaydigan joyda gaz yo‘q, faqat elektr energiyasi ishlatamiz. Singapur kichik davlat, atom elektr stansiyasi yo‘q, quyosh panellariga ega emas, sababi quyosh panellari uchun katta hudud zarur, bu davlatda esa har bir qarich yer hisobli. Shuning uchun qo‘shni mamlakatlardan elektr energiyasi sotib olinadi. Albatta, shunga yarasha to‘lovi ham qimmatroq, biroq aholi daromadi fonida bu arzimas pulga aylanadi. Ta’kidlashim kerakki, kelganimdan buyon hali biror marta ham chiroq o‘chganiga guvoh bo‘lmadim. Singapurning yana bir yaxshi tomonlaridan biri seysmik mintaqaga kirmaydi,yer qimirlashi, sunami, tornado, tayfun kabi tabiat hodisalari kuzatilmaydi.

    Prezident tashrifi haqida 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Singapurga, xususan, bizning maktabga kelishi juda muhim voqelik bo‘ldi. Tashrif haqida kursdoshlarimdan tortib dekanatgacha menga gapirishdi. Vaholanki, o‘qishga kirganimda mana shunday nufuzli dargohda birorta ham o‘zbekistonlik talaba yo‘q edi. Bunga juda ajablangan edim, axir boshqa davlatlardan bu yerda kamida 10-15 nafar vakil o‘qiydi. Fikrimcha, prezidentning shaxsan kelishi, ta’lim jarayoni uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishi O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi va Li Kuan Yu maktabi o‘rtasidagi hamkorlikni tezlashtiradi, ijroga mas’ul taraflarning mas’uliyatini oshiradi.

    Davlatimiz rahbari bilan ilk marta ko‘rishgan bo‘lsam, ularning shashti balandligi, konkret savollar qo‘yib, masalani dangal o‘rtaga tashlagani, uchrashuv tizginini qo‘lga olib eng kerakli jihatlarga urg‘u berganlarini e’tirof etishim zarur. Borgan joylaridan doim masalani hal qilib ketish qobiliyatiga tan bermasdan iloj yo‘q.

    Tadbir yakunida Shavkat Miromonovich “Sayqalbek qani?”, deb yonlariga chorladilar. Kelajagim haqida savollar berdilar, vatanga qaytish ehtimoli haqida so‘raganlarida albatta qaytishimni aytdim. Shunday dargohlarda ta’lim olgan kadrlar O‘zbekistonga suv va havodek kerak deb aytdilar. Bu meni ruhlantirdi. Endi o‘zimni ustimda yana ishlashim kerak, degan fikr tinch qo‘ymayapti. Kelajakda huquq yoki ta’lim tizimlarida islohotlarga o‘z hissamni qo‘shish niyatim bor.

    Hamkorlik haqida

    O‘zbekiston ichida yurib davlatimiz qanchalik rivojlanyapti, davlat boshqaruvida qanday kamchiliklarimiz bor, degan savollarga javob topish mushkul. Buni faqat davlatdan chetga chiqib, boshqa rivojlangan davlatlar bilan taqqoslab ko‘rib, bila olamiz. Shu ma’noda Davlat boshqaruvi akademiyasi va Li Kuan Yu Davlat siyosati maktabi o‘rtasidagi juda muhim hamkorlik qog‘ozda qolib ketmasligi lozim. O‘qitish metodikasi, ta’lim jarayonini kelib o‘rganib ketish boshqa, talabaning shaxsan kelib o‘qib, o‘rganishi boshqa. O‘zbekistondan chetga chiqish, anchayin kuchli dinamika bilan taraqqiy etayotgan mamlakat havosidan nafas olish, talabaga kelgusida o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yangiliklarini bizda ham joriy etishga kuchli intilish uyg‘otadi. Shu jihatdan olib qaraganda ikkinchisi ko‘proq manfaatli biz uchun, deb o‘ylayman. Maktabimizga qancha hamyurtlarimiz kelishsa, shuncha xursand bo‘laman. Ammo har ikkisi teng olib borilsa ham foydadan holi bo‘lmaydi.

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Foto: Sayqalbek Allayorovning shaxsiy arxividan

    Aynan shu yerda o‘qib, muhitini bilgan odam sifatida aytadigan bo‘lsam, hamkorlik asosida kelib o‘rganishda faqatgina o‘qitish metodikasiga emas, balki qaysi fanlar o‘tilayotgani, agar shu fan o‘tilsa talabaning qaysi ko‘nikmalari rivojlanishi, fikrlash doirasini qanday o‘stirishi mumkinligiga alohida e’tibor bergan ma’qul. Chunki ahamiyatsiz, faqat nazariyani o‘z ichiga olgan, amaliyotda qo‘llash deyarli imkonsiz bo‘lgan fanlardan ko‘ra, jamiyatdagi muammolarga konkret yechim topishga yo‘naltiradigan fanlarni o‘qitish samaraliroq deb o‘ylayman.

    21.01.2023, 17:50   Izoh (1)   64304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5314535920@telegram.org / 21.01.2023, 19:02

      Omad chet davlatda oʻqiyotganlarga..
      bizga ham nasib qilsing

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston dunyodagi eng katta qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

    21.01.2023, 17:20

    O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi hajmi qariyb 320 trillion so‘mni tashkil etdi

    21.01.2023, 16:56

    Andijondagi choyxonada yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    21.01.2023, 16:24

    Vosit Ergashev Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari etib tayinlandi

    21.01.2023, 14:50

    “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

    21.01.2023, 14:32

    “Bir necha yil oldingi intervyuda “O‘zbekneftgaz” vakili bizdagi gaz yaqin 30–40 yilga yetishini aytgandi” — Baxtiyor Nasimov

    21.01.2023, 14:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30

    Qashqadaryoda yil boshidan buyon voyaga yetmaganlar tomonidan 69 marta avtotransport vositalarini boshqarish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 14 may, 22:15

    Toshkent va uning atrofidagi yashil hududlar 3 karra ko‘paytirilib, 25 ming gektarga yetkaziladi

    O‘zbekiston | 14 may, 22:00

    Instagram: Jahongir Otajonovga “ko‘z tegdi”, Dilnoza Habibullayeva farzand kutmoqda, Munisa Rizayeva singlisining tug‘ilgan kunini nishonladi

    Shou-biznes | 14 may, 21:53

    O‘zbekiston Kubogi. “D” va “E” guruhi yetakchilari pley-offga oldi

    Sport | 14 may, 21:52

    Gazli ichimlikdan ozish mumkinmi: pufakchali suvning nojo‘ya taʼsirlari

    Layfstayl | 14 may, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.