• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Singapurda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

    17-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar — ushbu mamlakat prezidenti Halima Yaqub va bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston—Singapur sammitidan avval Singapur prezidentining “Istana” saroyida davlat rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Shavkat Mirziyoyev va Singapur prezidenti Halima Yaqub Faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiya a’zolarini qutladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘ng O‘zbekiston prezidenti sharafiga Singapurning milliy ramzi bo‘lgan orxideya gulining yangi naviga nom berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bunday tadbirlar an’anaviy ravishda ushbu mamlakatning oliy martabali mehmonlari va taniqli arboblarga yuksak hurmat va ehtirom belgisi sifatida o‘tkaziladi.

    An’anaga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev gulning yoniga yangi turdagi orxideyaning nomi — “Shavkat Mirziyoyev orxideyasi” deb yozilgan taxtachani joylashtirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shundan so‘ng prezidentlar ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirish istiqbollari, ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish borasidagi islohotlar yuzasidan fikr almashildi. Ta’lim sohasida faol hamkorlik qilinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Ikki mamlakatning Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish borasidagi tajribasi batafsil ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston va Singapur xalqaro maydonlarda mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot masalalarida bir-birini anglashi va bu boradagi tashabbuslarni ilgari surishda o‘zaro ko‘maklashayotgani qayd etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Uchrashuv yakunida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

    Shavkat Mirziyoyev Halima Yaqubni o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi. So‘ng “Istana” qarorgohida prezidentimiz Singapur bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokara o‘tkazdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yetakchilar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini har tomonlama ko‘rib chiqdi, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalar jadal sur’at bilan rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Jumladan, savdo-iqtisodiy sohada sezilarli natijalarga erishildi. Keyingi yillarda tovar ayirboshlash ikki barobarga oshdi. O‘zbekistonda Singapur kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 4 karra ko‘paydi. Ushbu mamlakatdan yurtimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 700 million dollarga yetgan.

    Ko‘plab sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish uchun katta zaxiralar mavjudligi qayd etildi.

    Singapur—Osiyo-Tinch okeani mintaqasining iqtisodiy markazi. Ko‘p yillardan buyon ushbu mamlakat elektronika, kimyo sanoati, biotexnologiyalar, bank sohasi, logistika va transport mashinasozligi kabi muhim tarmoqlardagi muvaffaqiyatlariga tayanib, jahondagi eng yirik va rivojlangan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib kelmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shularni hisobga olib, davlat rahbari Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi.

    Birinchisi – inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi ishtirokida boshqaruv, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida birgalikda davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida Singapurning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda davlat xizmatchilarini intensiv qayta tayyorlash dasturi ishga tushiriladi.

    Ikkinchi yo‘nalish Singapurni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilishga qaratilgan. Shu ma’noda, muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish doirasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, keyinchalik ularni IPO’ga chiqarish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tuzish taklif qilindi.

    Uchinchi ustuvor yo‘nalish sifatida ilg‘or “yashil” texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish belgilandi. Singapurning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini joriy qilish, shuningdek, ushbu mamlakatning “yashil” rivojlanish bo‘yicha innovatsiyalari va texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

    To‘rtinchisi – shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarni takomillashtirish. Shaharlarni rejalashtirish va qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, kommunal xo‘jalik sohalarida hamkorlik bo‘yicha tadbirlar kelishib olindi. O‘zbekistonda infratuzilma va tarmoq loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma Loyihalashtirish va injiring markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuv bu boradagi birinchi qadam bo‘ldi.

    Hamkorlikning beshinchi yo‘nalishi doirasida investitsiyalar va o‘zaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

    Ustav kapitali 500 million dollar bo‘lgan O‘zbekiston—Singapur investitsiya kompaniyasini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi. Bundan tashqari, tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

    Ochiq va do‘stona muhitda o‘tgan uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Li Syan Lunni o‘ziga qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi.

    Delegatsiya rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston—Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi. Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan, davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi. Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabiga tashrif buyuradi va Singapurning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bugunning o‘zida prezident Toshkentga jo‘nab ketadi.

    17.01.2023, 11:53   Izoh (0)   17941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada davlatga 1,8 mlrd so‘mlik zarar keltirgan noqonuniy mayning ferma aniqlandi

    17.01.2023, 11:50

    Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

    17.01.2023, 11:07

    “Yilning birinchi yarmida ellikka yaqin yoshlarni Singapurdagi 2 haftalik kurslarda qatnashishini rejalashtiryapmiz” — Savdo-sanoat palatasi raisi

    17.01.2023, 10:05

    O‘zbekiston va Singapur transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

    17.01.2023, 09:28

    O‘zbekiston—Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

    17.01.2023, 08:14

    Toshkentda bir hafta ichida gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talab qondiriladi

    17.01.2023, 00:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.