• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Oliy ta’limda amalga oshirilayotgan islohotlar yurtimiz kelajagiga kiritilayotgan eng katta sarmoyadir

    Taraqqiyotimizning asosiy drayveri bo‘lgan malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida mamlakatimiz ta’lim tizimini izchil rivojlantirishga kirishildi.

    Bu jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ham munosib ishtirok etmoqda.

    Akademiya o‘z faoliyatida bank sohasidagi kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy usullarini joriy etishga katta e’tibor qaratmoqda. Ayni vazifalardan kelib chiqib, Akademiya Yaponiya, Chexiya, Malayziya, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Germaniya kabi davlatlarning yetakchi ilmiy markazlari, oliy ta’lim muassasalari, moliya institutlari, davlat organlari va yirik korporatsiyalari bilan yaqindan hamkorlik qilishni boshladi.

    Yangi ta’lim dasturlari

    Akademiya yaqin yillargacha o‘rta bo‘g‘in rahbarlari malakasini oshirish va ilmiy tadqiqotlarga ko‘proq urg‘u berib kelar edi. Hozirda yangi strategiya ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan qo‘shimcha tarzda bakalavriat va magistratura bo‘yicha yangi ta’lim dasturlari e’lon qilindi.

    — “Oxirgi 2-3 yildagi rivojlanish bosqichimizni transformatsion jarayon deb atash mumkin. Bu yil birinchi «qaldirg‘och”larimiz Bank ishi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomladi. Eng muhimi ular Akademiyani bitirgan zahoti ish joyini topdi. Buni tajriba sifatida sinadik va muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bu tajribani hozircha sirtqi shaklda amalga oshirmoqchimiz. Shunda talabalarda ishdan ajramagan holda amaliy va nazariy bilimlarni bog‘lash imkoniyati oshadi. Kelasi o‘quv yilidan kunduzgi shakldagi, bank ishi, buxgalteriya, moliya sohalariga mos bo‘lgan ta’lim xizmatlarini taqdim qilishni rejalashtirganmiz» – deb ma’lumot berdi ta’lim muassasasi rektori Elmurod Hoshimov.

    Akademiya o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan faoliyati natijasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari soni 1 tadan 4 taga yetkazildi.

    O‘qishga qabul qilinganlar soni 9 nafardan 836 nafarga oshdi. Bunda Akademiya tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi hamda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim dasturlarining taqdim etilgani muhim omil bo‘ldi.

    Akademiya tinglovchilari soni deyarli 2 barobarga oshdi. 2021-yilda tinglovchilar 416 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 814 nafarga yetdi. Akademiyada ta’lim oluvchi xotin-qizlar soni 48 nafardan 178 nafarga oshdi. Magistratura mutaxassisliklari soni 2021-yilda 2 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 8 taga yetkazildi.

    — “Tizimda biznesni boshqarish (MBA) dasturini joriy etdik. Bu boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha dunyoga mashhur dastur hisoblanadi. Mazkur dasturda bank boshqaruvi, moliya va raqamli texnologiyalarga qaratilgan ixtisosliklar bor. Hozirda umumiy real sektorning rahbar xodimlarini tayyorlashga qaratilgan dastur ham amalga oshirilmoqda. Akademiyaning klassik an’anaviy brendi esa – Master of sciyence dasturidir. Bunda ta’limning amaliy jihatlariga ko‘proq urg‘u beriladi”, – deydi Elmurod Hoshimov.

    Akademiyadagi ta’limning boshqa OTMlardan farqi nimada?

    2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tasarrufiga o‘tkazildi. Bankning Bank-moliya akademiyasidagi koordinatori Ulug‘bek Otamurodovning ta’kidlashicha, o‘quv yurtida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishga kuchli urg‘u berilmoqda.

    — “Akademiya boshqa oliy ta’lim muassasalaridan tubdan farq qiladi. Masalan, bizda amaliyot va nazariya uyg‘unlashtirilgan. Aksariyat tinglovchi yoki talabalar ham ishlab, ham ta’lim oladi. Qolaversa, akademiyada boshqaruv xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlashga ixtisoslashuv kuchli. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va moliya institutlari bilan hamkorlik yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi sababli ko‘plab tinglovchilarimiz xorijda amaliyot o‘tash va bilim o‘rganishga yuborilmoqda. O‘z navbatida chet eldagi hamkorlarimizning amaliyotchi mutaxassislari va yetakchi professor o‘qituvchilari tomonidan seminar-treninglar, mahorat darslari tarzida o‘quv mashg‘ulotlari olib borilishi an’ana tusiga kirgan”.

    Hozirda akademiya Yaponiya, Malayziya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Chexiya, Germaniya, Fransiya davlatlarining o‘nlab nufuzli oliy ta’lim muassasalari va moliya institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, ta’lim dargohiga Yaponiya Moliya vazirligining Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari institutidan birinchi prorektor tayinlab kelinadi. Bu an’ana akademiya ochilgan – 1996-yildan beri davom etmoqda. Yaqinda institut vitse-prezidenti Minoru Nakamura O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasining birinchi prorektori sifatida faoliyat boshladi.

    — “Tashqaridan prorektor tayinlanishi akademiyamizning kuchli tomonlaridan biri. Har yili yozda akademiyaning iqtidorli tinglovchilari Yaponiyaga malaka oshirish uchun yuboriladi. Bu kadrlarning nafaqat bilim, balki tajriba oshirishiga ham yordam beradi. So‘nggi 5 oy davomida 100 nafardan ortiq tinglovchilarimiz va professor o‘qituvchilarimiz Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti, International Islamic University Malaysia, Chexiyaning Yevropa amaliy bilimlar va menejment instituti kabi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan seminar-treninglarda amaliy va nazariy bilimlarini boyitib qaytdilar” – deydi Elmurod Hoshimov.

    O‘quv jarayonida Yaponiya Moliya vazirligi huzuridagi Iqtisodiy siyosat tadqiqotlari instituti, Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi (Germaniya), Handong Global University (Koreya Respublikasi), Yevropa amaliy bilimlar va menejment instituti (Chexiya)ning yetakchi professor-o‘qituvchilari va olimlarining sohaga doir eng global mavzular bo‘yicha ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda. Bundan tashqari Milliy bank bilan hamkorlikda “Gazprombank” AJning yetakchi mutaxassislari va Yevroosiyo raqobatbardoshlik instituti olimlari, Ozarboyjonning sobiq Madaniyat vaziri va boshqa xalqaro nufuzga ega mutaxassislarning ta’lim jarayoniga jalb qilinmoqda.

    Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki rahbariyati tashabbusi bilan, 2021-yildan boshlab, akademiya o‘z tarixida birinchi marta Rossiyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari (bakalavr, Iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi) va magistratura (Moliyaviy tahlil mutaxassisligi)ni yo‘lga qo‘ydi.

    Akademiya rahbariyati tomonidan olib borilgan muzokaralari natijasida Malayziya Shimoliy universiteti (University Utara Malaysia), Malayziya Xalqaro Islom universiteti (International Islamic University Malaysia), Sankt-Peterburg davlat iqtisodiyot universiteti, Moskva davlat universiteti, Corvinus University hamda The Budapest University of Technology and Economics (BME) kabi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashga kirishildi. Islomiy moliya bo‘yicha xalqaro ta’lim markazi (International Centre for Education in Islamic Finance) bilan professional qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

    Akademiyada professionallar dars beradi

    Bank-moliya akademiyasi tashkil etilganiga 26 yil bo‘ldi. Shu davr mobaynida 6 ming nafarga yaqin magistrant, Malaka oshirish fakultetining 15 mingdan ortiq tinglovchilari o‘quv yurtini tamomladi.

    2021-yilda Akademiyaning ilmiy salohiyati 43,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022-yilda 75 foizga yetdi. Ayni kunda Akademiyada 9 nafar fan doktori yoki DSc, 9 nafar fan nomzodi yoki PhD faoliyat olib bormoqda.

    Akademiyada 2022-yil IV chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka (PhD/DSc) qabul jarayoni tashkil etilganini alohida qayd etib o‘tish zarur. Innovatsion rivojlanish vazirligi platformasi orqali kelib tushgan arizalar yuzasidan talabgorlar bilan suhbat tashkil etildi. Ulardan 10 nafari Qabul komissiyasi xulosasiga ko‘ra mustaqil izlanuvchilikka qabul qilindi. To‘liq akademik va kasbiy ta’lim magistrlik dasturlari, shuningdek, iqtisodiyot fanlari doktori va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD va DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot dasturlarini taqdim etib kelmoqda.

    Bu yo‘nalishda eng katta yutuqlardan biri — Akademiya huzurida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi DSc.09/31.08.2022.I.151.01 Ilmiy kengash tashkil etildi. Endilikda Akademiyada 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” va 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori dissertatsiyalari himoyasini o‘tkaziladi.

    Akademiyaning eng muhim maqsadlardan biri – bakalavriat, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarini birlashtirishdir. Bu bir ta’lim tizimida talabalarni uzluksiz o‘qitish va malakali kadr bo‘lib yetishishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Hozirda tuzilayotgan yangi jamoaga, har bir kafedra uchun 2 nafardan, ingliz tilida ilmiy darajada dars bera oladigan o‘qituvchilar ishga qabul qilinmoqda.

    Rivojlanish strategiyasiga asosan 2023-yilda Xalqaro AMVA akkreditatsiyasini olish uchun bosqichma-bosqich tayyorlanish rejasini ishlab chiqdi. Unga asosan professor-o‘qituvchilarning pedagogik va kasbiy-amaliy tajribasini oshirish hamda o‘quv rejasining mazmuni va sifatini xalqaro darajaga ko‘tarish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirib borilayapti.

    Bank-moliya akademiyasida mavjud ta’lim yo‘nalishlari va dasturlari

    Magistratura dasturlari:

    Biznesni boshqarish – Master of Business Administration (MVA). Mazkur magistratura dasturida uchta ixtisoslashuv yo‘nalishi mavjud: MVA Banking, MVA Finance & FinTech va MVA General.

    Fan magistri – Master of Sciyence – MSc. Mazkur dastur quyidagi magistratura mutaxassisliklarini qamrab oladi:

    • 70410901 – Kapital bozori va birja ishi;

    • 70412201 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi;

    • 70412203 – Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;

    • 70412205 – Bank hisobi, auditi va nazorati;

    • 70412206 – Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish;

    • 70412207 – Pensiya fondlarini boshqarish.

    Dasturlarni amalga oshirish shartlari haqida qisqacha ma’lumot:

    O‘qish davomiyligi:

    • MVA dasturi uchun - 2 yil;

    • MSc dasturi uchun – 14 oy.

    O‘qish shakli kunduzgi va sirtqi bo‘lib, talabalarga o‘zbek, rus va ingliz tillarida dars beriladi.

    Kirish uchun zaruriy shartlar:

    • Oliy ma’lumotga egalik;

    • Oliy ta’limni tugatgach, kamida 3 yillik ish staji mavjudligi (MVA dasturi uchun).

    Bakalavriat dasturlari:

    • 60410500 – Bank ishi va auditi;

    • 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

    • 60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);

    • 60310100 – Iqtisodiyot (soha va tarmoqlar bo‘yicha).

    Dasturni amalga oshirish shartlari haqida qisqacha

    Bakalavriat dasturining o‘qish shakli kunduzgi va sirtqi bo‘lib, talabalar o‘zbek va rus tillarida tahsil oladilar.

    Magistratura va bakalavriat dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga “magistr” yoki “bakalavr” akademik darajasi hamda belgilangan namunadagi diplom beriladi.

    Bugungi kunda Akademiyada – Boshqaruv kadrlarini tayyorlash, Sirtqi ta’lim, Qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish fakultetlari mavjud. Ularning negizida yettita kafedra bor.

    Reklama huquqi asosida.

     

    30.11.2022, 10:53   Izoh (0)   2202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alfraganus: umumiy ovqatlanish nuqtalari va restoranlar uchun mo‘ljallangan tijorat joylar

    30.11.2022, 09:00

    MKBank tadbirkor ayollarga madadkor!

    29.11.2022, 16:50

    Tumov yo‘q — muammo yo‘q. Qanday qilib tumovni o‘z holiga tashlab qo‘ymaslik kerak?

    29.11.2022, 15:00

    Ichki va xalqaro yuk tashishlarga xarajatlarni pasaytirishning 5 usuli

    28.11.2022, 13:30

    Adrenalinni his qilishni, sportning chegarasiz energiyasini tuyishni va haqiqiy professional boks janglarini ko‘rishni istaysizmi?

    28.11.2022, 12:00

    Credit House – orzungizdagi xonadonni foizsiz muddatli to‘lov asosida va ipoteka asosida xarid qiling

    28.11.2022, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat xizmatchisining noqonuniy sovg‘a olgani uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 14:50

    AQSH hujumidan oldin Eron boyitilgan uran zaxirasining katta qismini yashirishga ulgurgan — Reuters

    Dunyo | 23 iyun, 14:40

    FIFA Abduqodir Husanovni e’tirof etdi

    Sport | 23 iyun, 14:32

    Xatolik yoki tuzoq? “Kalmar o‘yini”da tomoshabinlarni o‘ylantirgan epizod

    Kino | 23 iyun, 14:32

    AQSHda “Hizbulloh”ga aloqadorlikda gumonlanayotganlarni ta’qib qilish boshlandi

    Dunyo | 23 iyun, 14:28

    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

    Reklama | 23 iyun, 13:53

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 14:25

    Yaponiyada guruch narxi keskin oshib ketdi

    Dunyo | 23 iyun, 14:04

    Turk aktyori Mehmet Gunsur yangi serial bilan ekranlarga qaytmoqda

    Kino | 23 iyun, 13:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.