Xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
![](/static/2024/Fozilbek/photo_2024-04-02_09-14-37.jpg)
Qayd etilishicha, sessiyada deputatlar Rustam G‘afurovni Kitob tumani hokimi lavozimiga tasdiqlagan.
Rustam G‘afurov 1984-yilda tug‘ilgan. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, O‘zbekiston bank akademiyasi va Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Qashqadaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 2022-yildan buyon Kitob tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan O‘ktam Pardayev ishdan bo‘shash haqida ariza yozgan.
Izoh (0)